Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy 47 +998 71 227 15 48 info@cisc.uz

Yangiliklar

Xabar
10-Avgust, 2022-yil

Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumati O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning tashabbusi va g‘oyasini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Hozirgina Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yusuf al Uteybi janobi oliylari Islom sivilizatsiyasi markaziga 60 mingdan ko‘proq Qur’on jamlamasi hadyasini topshirdi. Markaz nomidan mushaflar jamlamasini Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Sh.Minovarov qabul qilib oldi. Tomonlar har ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari barcha yo‘nalishlarda rivojlanib borayotganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.