Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy 47 +998 71 227 15 48 info@cisc.uz

Yangiliklar

Xabar
8-Sentabr, 2022-yil

Xalqimizning ilmiy-ma’naviy boyligi hisoblangan qadimiy qo‘lyozma va toshbosma asarlarni saqlash va kelajak avlodlarga yetkazib berish O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi vazifalariga kiradi. O‘tgan oyda "O‘zbekiston Respublikasi qadimgi qo‘lyozma asarlar davlat reyestri"ning 2-jildi nashrga tayyorlandi, shuningdek A.Navoiyning "Xazoinul maoniy" - "Ma’nolar xazinasi" asari, "Tafsir tibbiyon", "Muqaddimatul jazairiya", "Solatil Mas’udi", "Qomus" va bshq. noyob asarlarga restavratorlarimiz tomonidan ikkinchi hayot bag‘ishlandi. Islom sivilizatsiyasi markazi yaqin fursatlarda maktab o‘quvchilari va talabalar uchun restavratsiya, kalligrafiya, miniatyura, sahhoflik, arabiy yozuvlar yo‘nalishlarida mutaxassislar tayorlovchi ikki yillik maktab ochishni rejalashtirmoqda.