Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy 47 +998 71 227 15 48 info@cisc.uz

Yangiliklar

Noyob qo‘lyozmalar Davlat reyestrining 2-jildi nashr etildi
Sept. 8, 2022

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 fevraldagi 126-son Qaroriga muvofiq O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan mamlakatimizda saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar Davlat reyestrini tuzish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Biz yurtdoshlarimizni Noyob qo‘lyozmalar Davlat reyestrining 2-jildi nashr etilganini mamnuniyat bilan xabardor qilamiz.
 


Shuningdek, 2022 yil 6 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 498-son Qarori bilan Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Millatimizning bebaho boyligi - noyob qo‘lyozma manbalarni kelajak avlodlarga bezavol yetkazish maqsadida biz barcha muassasalar va hamyurtlarimizni hamkorlikka chaqiramiz.