Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy 47 +998 71 227 15 48 info@cisc.uz

Yangiliklar

Turktav fondidan 20 mingdan ortiq elektron kitoblar qabul qilib olindi
16-Noyabr, 2022-yil

Islom sivilizatsiyasi markazi doimiy ravishda xorijiy turdosh ilmiy-ta’lim markazlari, tadqiqot institutlari bilan islom dini va madaniyatini tadqiq etish yo‘nalishida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratib keladi.
Shunday tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida joriy yilning 15 noyabr kuni Markaz direktori Sh.Minovarov va TurkTAV fondi raisi Nizamettin Ayturk hamda Yevroosiyo kutubxonalar uyushmasi bosh kotibi Asuman Akdemir o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.



 

Mehmonlar tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti doirasida “Turkiston xaritalarda” mavzusida foto ko‘rgazma tashkil etilib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklikni mustahkamlashda alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. TurkTAV fondi Turkiy davlatlarning boy madaniy va tarixiy merosini tadqiq qilish, kelajak avlodga bezavol holda yetkazish borasida qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, joriy yilning iyun oyida Turkiyaning Istanbul va Anqara shaharlarida Markaz va Fond hamkorligida xalqaro foto ko‘rgazma tashkil etildi.



Uchrashuv yakunlariga ko‘ra TurkTAV fondi tomonidan Markazga 20 mingdan ortiq noyob kitoblarning elektron nushalari taqdim etildi. Shu bilan birga “Turkiston xaritalarda” ko‘rgazmasiga qo‘yilgan turk xalqlarining tarixi, ularning tarqalishi va migratsiya yo‘llari tasvirlangan xaritalar nushalari, hamda Turk miniatyura durdonalari jamlanmasi taqdim etilishi kelishib olindi.
Shuningdek, TurkTAV fondi raisi Nizamettin Ayturk joriy yilning 3-6 dekabr kunlari Istanbul shahrida tashkil qilinayotgan TUYAP Xalqaro kitob ko‘rgazmasiga Islom sivilizatsiyasi markazini ishtirokchi sifatida taklif qildi.
Suhbat davomida Yevroosiyo kutubxonalar uyushmasi tomonidan Markaz kutubxonasi xodimlari uchun onlayn shaklda tajriba almashish, zamonaviy kadrlarni tayyorlash, kutubxona faoliyatiga ilg‘or xorijiy tajribani tatbiq etish yo‘nalishida o‘quv kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.

Ijtimoiy-ma’rifiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil ilmiy bo‘limi