Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy 47 +998 71 227 15 48 info@cisc.uz
Kitoblar

21406

Elektron kitoblar

494916

Umumiy fond

516322

Biz haqimizda

Ilm va ma’rifat dini bo‘lgan islom Markaziy Osiyoda jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan allomalarning yetishib chiqishiga zamin yaratdi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Xorazmiy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek kabi ulug‘ zotlarning g‘oyat boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish islomning mohiyati bag‘rikenglik va ma’rifat to‘g‘risidagi ta’limot ekanini keng yoyishga xizmat qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 23-iyundagi qarori bilan Toshkentda tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati ham shu maqsadga xizmat qiladi.

Kutubxona ma'muriyati

+998 99 303 64 07

Boʼlimlar haqida maʼlumot

Ilmiy-tadqiqotlar boʼlimi

Xalqimizning noyob merosini ilmiy asosda har tomonlama chuqur o'rganadi, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uyg'otib ular bilan aholimiz va jahon jamoatchiligini keng tanishtiradi, xalqaro miqyosda dinlararo va svilizatsiyalararo muloqotni yo'lga qo'yadi, shu yo'nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar olib boradi, ularning natijalari asosida qomuslar, o'quv adabiyotlar, katalog va albomlar, ilmiy-ommabop to'plamalar, teleko'rsatuv, film va boshqa materiallar tayyorlaydi.

Islom dini merosini saqlash boʼlimi

Markaz kutubxonasi va muzey fondlarini islom dini merosiga oid manbalar va osori-atiqalar, islom dini merosini saqlashga oid milliy va chet el nashrlari bilan tizimli to'ldirib boradi, nodir va alohida qimmatli nashrlarni saqlaydi, islom dini merosiga oid respublikada hamda xorijda yaratilgan elektron kitoblar hisobidan Markaz kutubxonasi fondini boyitadi, xalqaro elektron kutubxonalar setiga ulanishni taminlaydi.

Kutubxona va arxiv hujjatlari boʼlimi

Markaz fondiga axborot resurslari, shu jumladan, yozma manbalar, adabiyotlar, kioblar, arxiv hujjatlarni jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiradi, aholiga va xorijiy tadqiqotchilarga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatish shart-sharoitlarini, shakl va usullarini takomillashtiradi, maxsus komplekslarni joriy etadi, Markaz kutubxonasi va arxivi axborot-kutubxona fondini qo'lyozma asarlar va toshbosma kitoblar, milliy va chet el nashirlari bilan tizimli to'ldirib boriadi, nashrlarning davlat bibliografik hisobini yuritadi, nodir va alohida qimmatli nashrlarni saqlaydi.

Nashrlar boʼlimi

Nashr ishlarini rivojlantirish bo'yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi, sohani rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari, yillik va istiqbolli rejalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, kitob nashr etadi, elektron va audio kitoblar yaratadi, kitob mutolaasi madaniyatini oshirish sohasida dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta'minlaydi.

So'ngi yangiliklar

Matbuot 16-Noyabr, 2022-yil

Turktav fondidan 20 mingdan ortiq elektron kitoblar qabul qilib olindi

Islom sivilizatsiyasi markazi doimiy ravishda xorijiy turdosh ilmiy-ta’lim markazlari, tadqiqot institutlari bilan islom dini va madaniyatini ...

BATAFSIL
Matbuot 29-Sentabr, 2022-yil

Xabar

29 sentyabr kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘zbek va arab tillaridagi “Uchinchi Renessans-Yangi O‘zbekiston” kitob - fotoalbomining xalqaro taqdimoti bo‘lib o‘tdi...

BATAFSIL
Matbuot 8-Sentabr, 2022-yil

Noyob qo‘lyozmalar Davlat reyestrining 2-jildi nashr etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 fevraldagi 126-son Qaroriga muvofiq O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi...

BATAFSIL
Matbuot 8-Sentabr, 2022-yil

Xabar

Xalqimizning ilmiy-ma’naviy boyligi hisoblangan qadimiy qo‘lyozma va toshbosma asarlarni saqlash va kelajak avlodlarga yetkazib berish O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi vazifalariga kiradi...

BATAFSIL
Matbuot 10-Avgust, 2022-yil

Xabar

Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumati O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning tashabbusi va g‘oyasini qo‘llab-quvvatlab ...

BATAFSIL
Matbuot 7-Iyun, 2022-yil

O‘zbekistonda "Usmon mushafi"ning aynan nusxasi yaratildi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati ...

BATAFSIL

Foydalanuvchilar biz haqimizda nima deyishadi

Aloqa

Talab va takliflaringizni yo'llang. Xabaringiz 24 soat ichida ko'rib chiqiladi!