Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy 47 +998 71 227 15 48 info@cisc.uz

Yangiliklar

Xabar
Sept. 29, 2022

29 sentyabr kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘zbek va arab tillaridagi “Uchinchi Renessans-Yangi O‘zbekiston” kitob - fotoalbomining xalqaro taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot tadbirida xorijlik hamkorlar, Markaz ilmiy xodimlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Markaz direktori Sh.Minovarov tadbir ishtirokchilariga kitob-fotoalbom va uning tarkibiy qismlari haqida batafsil ma’lumot berib, O‘zbekiston zamini uzoq tarixda ham dunyo tamadduniga bebaho hissa qo‘shgan ulug‘ allomalarni yetishtirib bergan zamin bo‘lgani, ajdodlarimiz ikki buyuk Uyg‘onish davri ishtirokchisi bo‘lganligi, ushbu nashrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Yangi O‘zbekiston asoschisi va Uchinchi Renessans tashabbuskori, mamlakat yangi o‘sish va rivojlanish bosqichiga ko‘tarilayotgani, Yangi O‘zbekiston uchun belgilab olingan strategik yo‘l haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Turkiyadan IRSIKA vakili A.Mo‘minov, Hindiston va Qozog‘istondan hamkorlar tashkilotlar vakillari kitob-fotoalbom taqdimotida so‘z olib, ushbu nashrning xalqaro ahamiyati va xorijda Yangi O‘zbekistonda bo‘layotgan olamshumul islohotlar haqida ma’lumot beradigan benazir manba ekanligini ta’kidlashdi.


Taqdimot tadbiri OAVda keng yoritildi.


O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Matbuot xizmati